Torres boshidan olgan jarohatidan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi

Aslanov Jasurbek
8 mar 2017, 20:45
"Atletiko" hujumchisi Fernando Torres "Deportivo"ga qarshi Ispaniya chempionatining 25-tur uchrashuvida boshidan olgan jarohatidan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi.

32 yoshli futbolchi "Deportivo" o'yinchisi bilan to'qnashuvdan so'ng erga noqulay tushdi. Shifokorlar Torresga 5 daqiqa yordam ko'rsatishdi, shundan so'ng uni zambilda olib chiqib ketishdi.

Forvard "Deportivo"ga qarshi bahsdan so'ng jamoa bilan ilk mashg'ulotini o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana