
Men jamoadan ketish haqida "Bavariya" bilan yangi shartnoma shartlarini kelisha olmay qolganimda o'ylay boshladim. "Bavariya" bu mening orzuimdagi jamoa edi va men har doim bu klub sharafini himoya qilishni istaganman. Lekin murosaga kelolmaganimizdan so'ng, jamoadan ketishga qaror qildim.
Men shu vaqtgacha dunyoning eng zo'r klublaridan biri safida harakat qilayotgandim. Eng yuksak musobaqalarda ishtirok etdim. Endi esa yana shu darajadagi klub tarkibiga qo'shildim.