Tojikiston MTJ Namanganga yetib keldi

Sherzod Nurmatov
22 mar 2022
Xabaringiz bor, 25 va 29 mart kunlari Namangan viloyatida "Navruz Cup-2022" xalqaro musobaqasi bo'lib o'tadi.

Mazkur turnirda qatnashadigan terma jamoalar Namanganga yetib kelishni boshlashdi. Bugun xorvatiyalik mutaxassis Petr Segrt murabbiylik qilayotgan Tojikiston terma jamoasi vakillari Namangan shahriga yetib kelishdi. Jamoa vakillari Namangandagi "Axsikent" mehmonxonasiga joylashishdi.

O'zbekiston MTJ. Bugungi mashg'ulotdan ajoyib GALEREYA


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати