Tite: "Neymar va Kavani jamoaviy qiziqishlar muhimligini tushunishdi"

Aslanov Jasurbek
30 okt 2017, 14:59
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite PSJ hujumchilari Edinson Kavani hamda Neymar o'rtasidagi janjalga izoh berdi.

Bu ikki futbolchi Fransiya chempionati bahsida penalti talashishgan edi.

"PSJda penaltiga bog'liq voqeani kuzatdim. Ammo sodir bo'lgan ish haqida so'ramadim va ma'lumot olishga harakat qilmadim. Bu mening masuliyatimda emas. Neymar penaltidan gol urib, uni nishonlash uchun Kavanini qidirishi ko'p narsani anglatadi. U Kavaniga golli pas beradi, urugvaylik esa Neymar uchun yuguradi. Demak, Neymar va Kavani jamoa qiziqishlari muhimligini tushunishdi" - deydi Tite.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globoesporte