The Boston Major-2016. Kibersportchimiz jamoasi o'yinidan navbatdagi videoefir

Aslanov Jasurbek
10 dek 2016, 20:00
Ayni damda AQSHning Masachusets shtatidagi "Vang" teatrida Dota 2 o'yini bo'yicha o'tayotgan sovrin jamg'armasi 3 mln. dollar bo'lgan "The Boston Major-2016" turniri davom etmoqda.

Bugun, Toshkent vaqti bilan 20:00da o'zbekistonda tug'ilgan Artur Babaev "Evil Geniuses" jamoasi bilan finalga chiqish uchun o'z uchrashuvini boshlaydi. Chorak finalda "Evil Geniuses" jamoasi "OG"ga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o'tamiz, Artur Babaev "Evil Geniuses"da "Arteezy" niki ostida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia