Xitoyda sport idorasining sobiq rahbari korrupsiya sabab o'limga hukm qilindi

Aslanov Jasurbek
10 dek 2025, 19:25
Xitoy sudi mamlakat sport va kibersport idorasining sobiq rahbariga nisbatan qatiy hukm chiqardi.

"Dexerto" nashrining xabar berishicha, sobiq amaldor korrupsiya ishi bo'yicha aybdor deb topilib, ikki yillik kechiktirish bilan o'lim jazosiga hukm qilindi.

U keng ko'lamli poraxo'rlik va mansab vakolatini suistemol qilishda ayblangan. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, 2009 yildan 2024 yilgacha bo'lgan davr mobaynida mansabdor umumiy hisobda 33,4 million dollardan ortiq miqdorda pora olgan.

Qayd etilishicha, ushbu shaxs kibersportning ashaddiy dushmani bo'lgan va ushbu soha rivojiga doimiy ravishda to'sqinlik qilib kelgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Dexerto