The Best. Ederson - yilning eng yaxshi darvozaboni

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2024
Londonda o'tkazilayotgan FIFAning The Best marosimida yilning eng yaxshilari aniqlanmoqda.

"Manchester Siti" bilan Angliya Premer-ligasi, UEFA Chempionlar ligasi va Klublar o'rtasidagi JCH g'olibiga aylangan Ederson yilning eng yaxshi darvozaboni sifatida etirof etildi.

Ushbu sovrin uchun Edersondan tashqari Tibo Kurtua ("Real", Belgiya terma jamoasi) va Yassin Bunular ("Sevilya", "Al Hilol", Marokash tema jamoasi) davogarlik qilishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia