Avvaliga soat 10:00da futbolchilar hamda murabbiylar shtabi “O'zbekiston” mehmonxonasida O'FF prezidenti Mirabror Usmonov bilan uchrashishdi. Uchrashuv mobaynida federatsiya rahbari yigitlarga oq yo'l tiladi va jamoamiz oldiga chempionlik vazifasi qo'yilganini ma'lum qildi.
Shundan keyin terma jamoa avtobusi “Jar” stadioni tomon yo'l oldi va u yerda futbolchilar bir soatlik mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulotda Osiyo o'yinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga jalb qilingan barcha o'yinchilar ishtirok etishdi. Yigitlarning hammasi sog', hech kimda jarohat yo'q.
Mashg'ulotni odatdagidek terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov hamda uning yordamchilari Shuhrat Maqsudov, Baxtiyor Ashurmatov va Pyotr Gizimchuk o'tkazishdi. Bugun kechki payt terma jamoamiz delegaciyasi Inchon sari yo'l oladi. Osiyo o'yinlarida futbolchilarimizga omad tilab qolamiz.