Terma jamoa mashg'ulotidan fotomaqola. Alijonov qaytdi, Sergeevda - besh

Iskandarov Abdulaziz
15 iyun 2026, 12:00
O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi startiga qizg'in ruhda tayyorgarlik ko'rmoqda.
502849.jpg

Milliy jamoaning navbatdagi mashg'uloti yuqori kayfiyat va jo'shqin muhitda o'tdi. Jamoa a'zolarining yuzida mas'uliyat bilan birga ishonch ham sezilib turibdi. Mashg'ulot jarayonidan olingan kadrlar futbolchilarning ruhiy holati va yig'in muhitini yaqqol namoyon etmoqda.

502860.jpg

Uzoq vaqtdan so'ng maydonga qaytgan Hojiakbar Alijonovning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgani albatta quvontirdi. Sababi o'ng qanot bilan bog'liq kamchiliklarimiz ko'rinib turgan edi.

502855.jpg

Terma jamoaning tajribali hujumchisi Igor Sergeev qo'lidagi “beshlik” ishorasi bilan e'tibor markazida bo'ldi. Umid qilamizki, bo'lajak o'yinda ham terma jamoamizning ishi besh bo'ladi.

502862.jpg

O'lmasaliev esa mashg'ulotlarda faolligi va dadil harakatlari bilan ko'zga tashlandi. Uning kayfiyatidan hech qanday bosim yoki qo'rquv sezilmaydi - aksincha, futbolchi o'z imkoniyatlarini namoyish etishga shay ekanini ko'rsatmoqda.

502845.jpg

Abbos Fayzullaev bugungi kunda terma jamoamizning muhim futbolchisiga aylanib ulgurdi. U saralashda Qatar, KXDR, Eron darvozasini ishg'ol qilgan edi. Barcha futbolchilar qatori Abbosda ham kuchli ishonch sezilib turibdi.

502848.jpg

O'zbekiston terma jamoasining Nesterovdan keyingi birinchi raqamli posboni, chunki Nesterovdan so'ng termamiz darvozasiga ishonchli kiper yetishmagandi. Suratda O'tkir Yusupov Kannavaroning yordamchisi bilan nima haqida gaplashayotgan ekan?

502846.jpg

Abduvohid Ne'matovda kayfiyat pozitiv. U darvozada Yusupov bilan raqobat olib borishga tayyor. Umuman tarkibdagi 3 nafar kiper ham Jahon chempionatida o'ynashga munosib deya olamiz.

Ma'lumot uchun, Kolumbiyaga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan 18 iyun kuni 7:00 da start oladi. Vakillarimizga omad tilab qolamiz.

Homiylarimiz: CAU, “InfinBank”, “AKFA”“Ucell” “TT LLC”“Black Cofee”“OfoTour”

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia