Ten Xag "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar bo'layotganini tan oldi

Mirjalol Normatov
3 apr 2022, 11:55
"Ayaks" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar haqida gapirdi.

"Hozir bor e'tiborim "Ayaks"ga qaratilgan. Futbolda oldindan bashorat qilish qiyin. Hech nimani inkor ham qilmoqchimasman. Futbolda bir kunda barchasi o'zgarib ketadi. Agarda keyingi qadamimni boshqa joyda tashlamoqchi bo'lsam, "Ayaks"dagilar meni to'g'ri tushunadi deb umid qilaman.

MYU bilan muzokaralar? Tizimdagi barcha bir-birini taniydi. Futbolchi yoki murabbiy doimiy ravishda boshqa klublar bilan muzokaralarda bo'ladi. Bu normal holat. "Manchester Yunayted" ajoyib muxlislariga ega eng yaxshi klublardan biri. Ammo hozirda bor e'tiborim "Ayaks"da", - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports