Ten Xag kechagi sharmandali mag'lubiyatdan so'ng iste'fosi haqidagi savolga javob berdi

Khoja
30 sen 2024, 10:06
MYU ustozi Erik ten Xag kechagi sharmandali mag'lubiyatdan so'ng iste'fosi haqidagi savolga javob berdi.

"Men bu haqida umuman o'ylaganim yo'q. Yozda rahbariyat bilan gaplashganimda, ular men bilan hali ishlash niyatida ekanligini ma'lum qilishgandi. Biz MYUga qanday o'zgarishlar amalga oshirsak foydali bo'lishini yaxshilab o'rganib chiqmoqdamiz. Buning uchun esa ma'lum vaqt kerak. Biz barchamiz bir "qayiq"damiz. Hammamizning maqsadimiz - MYUni avvalgi o'rniga qaytarish", - dedi ten Xag.

Ma'lumot uchun, MYU APLning 6-tur yakunidan so'ng 7 ochko bilan 12-pog'onada ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com