Ten Xag: "De Xea borasidagi qaror hali chiqarilgani yo'q"

Mirjalol Normatov
19 okt 2022, 23:51
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag ushbu mavsumdan keyin shartnomasi yakunlanadigan David de Xeaning klubdagi kelajagi borasida gapirdi.

"Hali de Xea borasidagi qaror chiqarilgani yo'q. Ammo uning hozirgi holatidan mamnunligimni aytishim mumkin. Ha, mavsumdagi dastlabki ikki o'yin u uchun omadsiz o'tdi. Keyin jsa uning jamoaga qanchalik yordam berayotganini ko'rib turibsiz, u yana barqarorlikni qaytarib oldi. Uning shaxsiyati ham menga yoqadi.

U bilan ishlash ajoyib. Lekin hozircha qishgacha kutish kerak, keyin esa muzokaralarni boshlaymiz", - dedi ten Xag.

Ushbu mavsumda de Xea APLdagi 9 o'yinida 15 gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN