Teddi Sheringem: "Maguayr MYUning Kompanisi yoki Adamsi bo'lishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
31 may 2019, 02:48
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Teddi Sheringem klubni ushbu yozda "Lester" himoyachisi Garri Maguayrni sotib olishga chaqirdi.

"Markaziy himoya chizig'i juda muhim va u joyga Vensan Kompani yoki Toni Adamsga o'xshagan o'yinchi topish kerak.

Fikrimcha, Garri Maguayr mana shunday o'yinchi. Unda ajoyib yetakchilik sifati bor, u jamoani tinchlantira oladi.

U to'p bilan juda xotirjam ishlashi va yaxshi himoyalanishi bilan menga Rio Ferdinandni eslatadi.

Garri kabi top o'yinchida yozda Yevropaning qator katta klublaridan birini tanlash imkoni bo'ladi", - dedi Sheringem.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com