Tebas: "Messi - pul ishlab beradigan mashina"

Mirjalol Normatov
12 okt 2020, 23:40
LaLiga prezidenti Xaver Tebas "Barselona" hujumchisi Leo Messi Ispaniya chempionatini tark etmaganidan xursandligini yashirmadi.

"Messi Ispaniya chempionatida qolganidan xursandman. U pul ishlab beradigan mashina.

Messi va Ronalduning ketishiga bir necha yil tayyorlanganmiz. Bu LaLiganing moliyaviy holatiga ta’sir qilishi mumkin. Neymar PSJga o'tdi, biroq Fransiya chempionati saviyasi o'smadi. Ronaldu "Yuventus"ga ketdi, biroq A Seriyaning darajasi oshmadi.

Agarda Messi ketsa ham biz kelasi 4 yillik translyatsiyalarni sota olamiz. Kimdir Messi ketsa, translyatsiyalarni sotib olmasligini aytmadi.

Asosiysi futbolchilar bor, biroq hayot davom etadi. Ronaldu va Neymarsiz ham LaLiga o'sishda davom etmoqda. Ishlayapmiz, hech kim LaLigani tashlab qo'ymaydi", - dedi Tebas.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport