Tashakkurnoma yoxud taqdirlash marosimi G'uzorda davom etdi

Narzulla Saydullayev
17 mar 2021, 00:17
Xabaringiz bor, 12 mart kuni O'zPFLning “2021 yilgi mavsumda o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ga asosan, mavsum boshlanishidan oldin ananaga sodiq qolgan holda Superliga qatorida, PRO-Liganing ham 2021 yilgi mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.

Marosimda PRO-Liga klublari bosh murabbiylari, sardorlari hamda klub rahbarlari ishtirok etishdi. Anjumanni sport va futbol sharhlovchisi Davron Fayziev hamda Xayrullo Hamidovlar olib borishdi. Dastlab, PRO-Liganing 2020 yilgi mavsumi davomida erishilgan yutuq va kamchiliklari eslab o'tildi. Turli yo'nalishda   to'rtta futbol klublari taqdirlanishdi. Ushbu to'rtlik ichida “Sho'rtan” PFK ham borligi quvonarli hol, albatta. O'zPFLning bosh direktori v.b Diyor Imomxo'jaev hamda O'zreport bosh direktori Ravshan Jo'raevlar, “Sho'rtan” futbol klubi bosh menedjeri Shamil Yarulinni “Maxsus sovrin” bilan taqdirlashdi.


PRO-Liga mavsumiga oz fursat qolganligi uchun “Sho'rtan” futbol klubining rahbari marosimda ishtirok etolmadi. Shunga ko'ra, joriy yilning 16 mart kuni G'uzordagi “Sho'rtan” PFK Akademiya binosiga “Oq bo'rilar” jamoasining rahbari Shamil Yarulinni  qo'lga kiritilgan mukofotini qutlash uchun Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komil Xalmatov va G'uzor tumani sport bo'limi boshlig'i Ural Abdurasulovlar tadbirga tashrif buyurishdi. Anjumanda “Sho'rtan” jamoasi rahbarlari, futbolchilari, murabiylar va klub xodimlari ishtrok etishdi.

“Sho'rtan” futbol klubi bosh menedjeri Shamil Yarulin hammaga o'z minnatdorchiligini bildirib, sovrin faqatgina meniki emas, bu etirofda sizning ham hissalaringiz katta dedi. Shu jumladan, O'FA, O'zPFL va “Sho'rtan” futbol klubining ishchi-xodimlari, rahbarlarini ham ta'kidlab, o'z tashakkurini aytdi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Шўртан” ПФК матбуот хизмати