

Shu tariqa, Chempionlar Ligasi tarixida ikkinchi marta 1/2 final bosqichida "Milan derbisi" o'tkaziladi.
"Inter" va "Milan" ilk bor ushbu bosqichda roppa-rosa 20 yil avval – 2003 yilda uchrashishgan. O'shanda "rossoneri" faqat safarda urilgan gol hisobiga (0:0, 1:1) finalga chiqqan. Keyin esa hal qiluvchi bahsda "Yuventus"ni penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etgan.



