Tajribali futbolchi faoliyatini "Manchester Yunayted"da yakunlamoqchi

Sherzod Nurmatov
6 fev 2026, 21:01
"Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayr "qizil iblislar"ga sadoqatli qolishni istaydi.

"The Touchline" ma'lumotlariga qaraganda, 32 yoshli markaziy himoyachi faoliyatidagi so'nggi klub sifatida aynan "Manchester Yunayted"ni tanlagan.

Xabar qilinishicha, Manchestyerdagi juda og'ir davrdan so'ng Maguayrning o'ziga bo'lgan ishonchi ancha mustahkamlangan va endi u futbolchi sifatidagi faoliyatini "Yunayted" libosida yakunlashga qatiy qaror qilgan.

Avvalroq OAVda Maguayr bu yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkinligi haqida yozilgandi, ammo hozircha bu rejalar o'zgarganga o'xshaydi.

Angliyalik himoyachi 2019 yilda 87 mln evro evaziga "Lester"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan. U "qizil iblislar" safida 259 o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.

Maguayrning MYU bilan amaldagi bitimi joriy yoz oxirigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Touchline