

Futbolchi kuni kecha "ATM" klubiga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'yishga erishdi. "T-Tim" bu o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Shu bahsdan so'ng rahbariyat Tojievga shartnoma taklif qildi.
Farhod o'z vaqtida aynan shu klub sharafini himoya qilganini ko'pchilik yaxshi biladi. "T-Tim" safida o'zbekistonlik Dilshod Sharofetdinov to'p tepadi. Bundan tashqari yana bir hamyurtimiz Shavkat Salomov jamoada ko'rikdan o'tmoqda.

Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia


