O'FAda murabbiylikka tayyorgarlik o'quv kurslari bo'lib o'tmoqda, ular orasida Farhod Tojiev ham bor

Narzulla Saydullayev
21 may 2019, 11:18
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi malakali murabbiylarni tayyorlash va ularning saviyasii oshirish borishga katta ahamiyat qaratib kelmoqda.

Jumladan, kecha murabbiylikka tayyorgarlik bo'yicha 4 kunlik o'quv kurslariga start berildi. Mazkur o'quv kurslarida 18 nafar murabbiy bo'lishga da'vogarlar talim olishmoqda. Ular orasida Farhod Tojiev, Sergey Rekun kabi sobiq futbolchilar ham bor. Kurslarni Yuriy Arslanov olib boryapti. Unga Oybek Davletmurodov yordam beryapti. Nazariy va amaliy mashg'ulotlardan keyin ishtirokchilardan imtihon olinadi.

Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlar "S" licenziyasi uchun o'qish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz