"Surxon" legioner xavbeki bilan xayrlashdi, yana bir futbolchisini "Andijon"ga ijaraga berdi

Sherzod Nurmatov
24 iyul 2025, 15:41
Dmitriy Kratkov va Muhammadyusuf Mirqodirov "Surxon"dan ketdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Jamoamizning ikki markaziy yarim himoyachisi klub safini tark etdi. Rossiyalik futbolchi Dmitriy Kratkov "Surxon"ni erkin agent sifatida tark etsa, Muhammadyusuf Mirqodirov mavsum oxirigacha "Andijon" jamoasiga ijaraga berildi", – deyiladi xabarda.

Kratkov "Surxon" safida 10 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, natijali harakatlar bilan ajralib turolmadi. Mirqodirov esa 7 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати