"Surxon" futbol klubi 2019 yilgi mavsum uchun tayyorgarlikni boshladi FOTO

Narzulla Saydullayev
23 noya 2018, 14:06
PFL 2019 yilgi mavsum uchun klublarga bir qator talabarni qo'ymoqda.

Jumladan, Professional futbol ligasi tomonidan mahsus komissiya tuzilib, ular Super va Pro-liga klublari maydonlarining bugungi kundagi ahvoli bilan yaqindan tanishib chiqmoqdalar. Pfl talabalariga befarq bo'lmagan Termizning “Surxon” jamoasi ham kelasi mavsum uchun tayorgarlikni boshladi.

Termizda aynan “Surxon” futbol klubi uchun yangi “Surxon” sport majmuasi maydonida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, futbolchilar uchun eng muhim hisoblangan maydon chimiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Olingan ma'lumotlarga qaraganda, tez kunlarda PFL mahsus komissiyasi vakillari Termiz shahriga tashrif buyurishar ekan. Maxsus komissiya "Surxon" klubiga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqmoqchi ekan.


Stadion chimining bugungi holati


Stadion o'z bag'riga 10 000 ming tomoshabinni sig'dira oladi


Stadionda o'rnatilgan sug'orish moslamalari

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сурхон” матбуот хизмати