

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik hujumchilar Duglas va Lukas jamoadan ketishgan. Bundan tashqari ikkinchi davrada AGMKdan ijaraga olingan Shoxnazar Norbekov ham "Surxon"ni tark etgan.
Kuni kecha termizliklar rossiyalik hujumchi Aleksandr Kasyan bilan shartnoma tuzishganini e'lon qilishgandi.
Ma'lumot uchun, Superligada Duglas 9ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi, Lukas esa 7ta uchrashuvda maydonga tushgan va gol ura olmagan edi.



