

Suriyadagi siyosiy notinch vaziyat tufayli o'yin odatga ko'ra Malayziyada tashkil qilinadi va bizning vaqt bilan 17:30da boshlanadi. Ma'lumki, ikkala jamoa ham o'z guruhida uchinchi o'rinni olgan va bugun birinchi o'yinda o'zaro maydonga tushishadi.
Bizga ma'lum bo'lishicha, ushbu bellashuvni "Sport" telekanali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi. O'yinning olib berilishi bugungi teledasturga ham kiritilgan.



