

Mazkur turda bir qator kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi. Shuningdek, Superliganing 12-turidan avval va keyin bazi jamoalarda bosh murabbiylar iste'foga chiqarildi.
Turning gollarga boy o'tgan va Hamid Aktamov boshqaruvidagi "Qizilqum"ning sharmandali mag'lubiyatga uchratgan bahsida "Paxtakor" raqibi darvozasini 8 marotaba nishonga oldi.
Amaldagi chempion "Lokomotiv" esa Samarqandda Qadamboy Nurmetovning dubli evaziga mag'lub etildi va Andrey Fyodorovga chiqib eshiklarini ko'rsatib, Babayanni bosh murabbiy sifatida yana katta futbolga qaytardi.
Andijonda esa Qosimov boshchiligidagi AGMK zafar quchib, joriy mavsum safardagi ilk ochkolarini qo'lga kiritishni uddaladi.
Namangandagi "Navbahor" - "Buxoro" uchrashuvidan bir kun avval kutilmaganda Andrey Kanchelskis iste'foga chiqarildi va namanganliklarni "Buxoro"ga qarshi o'yinda Mustafo Bayramov boshqarib tushdi. Natijada jamoa ketma-ket to'rt o'yinlik duranglar seriyasiga barham berib, uzoq kutilgan g'alabani tantana qildi.
Termizda mehmon bo'lgan Abramovning "bolalari" shamol ta’siri natijasida qiyin o'yin o'tkazishdi va "Surxon"ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib, turnir jadvalidagi uchinchi o'rinni mazkur turdagi raqiblariga bo'shatishdi.
Jizzaxda esa "So'g'diyona" Ulug'bek Baqoevning muvaffaqiyatli seriyasini davom ettira olmadi. "Qo'qon-1912"ni mehmon qilgan jizzaxliklar gollarga boy o'tgan bahsda murosa kuchasini tanlashdi.
Bekobodda esa "Nasaf" jamoaning asosiy to'purariga aylanib olgan Humoyun Murtazoevning yagona goli evaziga "Metallurg"ni xafa qildi.
Qiziqarli faktlar to'planmasi:
- "Navbahor" to'rt o'yinlik duranglar seriyasini tugatdi.
- "Metallurg"ning g'alabasiz seriyasi 6 o'yinga etdi.
- "Paxtakor" "Qizilqum" (8:0) bilan o'yinda "Buxoro" (7) joriy mavsum chempionatdagi barcha gollaridan ko'ra ko'proq gol urdi.
- "Paxtakor" 12 o'yinda o'tkazgan jami gollarini "Qizilqum" bir uchrashuvda aynan "Paxtakor"dan o'tkazdi - 8.
- "Paxtakor", "Lokomotiv", "Surxon" va "Dinamo" o'z uyida engilmas jamoa bo'lib turibdi.
- "Buxoro" va "Qo'qon-1912" hozircha o'z maydonida g'alaba qozongani yo'q.
- Yagona mag'lubiyatga uchramagan jamoa - "Paxtakor".
- "Andijon", "Metallurg", "Dinamo" va "Qizilqum" hali mehmonda g'alaba tamini tatib ko'rgani yo'q.
TUR LAUREATLARI
Tur darvozaboni - Suhrob Sultonov
AGMK darvozaboni Suhrob Sultonov "Andijon" bilan bo'lgan uchrashuvda garchi o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgan bo'lsada, uchrashuv davomida qator xavfli vaziyatlarda jamoasi joniga oro kirdi. Ayniqsa birinchi bo'lim so'nggidagi ikki vaziyatda ajoyib seyvlari orqali Sultonov qaysidir manoda AGMKning g'alabasiga poydevor qo'ydi. Shu boisdan Sultonov turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.

Tur murabbiyi - Davron Fayziev
"Dinamo"dek kamtarin jamoa bilan Superligada o'yin jihatdan ham, natija borasida ham barqaror o'ynayotgan Davron Fayziev o'z uyida engilmasga aylandi. Mazkur turda chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv"ni mag'lub etgan "Dinamo"ni turnir jadvalining yuqorida ushlab turishni uddalamoqda. Amaldagi chempionga qarshi munosib va jangovor o'yini hamda qo'lga kiritgan g'alabasi tufayli turning eng yaxshi murabbiyi deb Davron Fayzievni etirof etdik.

Tur futbolchisi - Qadamboy Nurmetov
Superliganing 12-turida "Dinamo" hujumchisi Qadamboy Nurmetov amaldagi chempion "Lokomotiv"ni mag'lub etilishida eng asosiy qahramonga aylandi. Aynan uning ikkita goli evaziga "Dinamo" "Lokomotiv" ustidan muhim g'alabani tantana qildi. Kamtarin jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylanib borayotgan Qadamboy Nurmetov turning eng yaxshi futbolchisi nomiga munosib ko'rildi.

Tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):
Darvozabon: Suhrob Sultonov (AGMK)
Himoyachilar: Akmal Shorahmedov (AGMK), Egor Krimec ("Paxtakor"), Vladimir Bubanya ("Surxon"), Sharof Muhitdinov ("Nasaf")
Yarim himoyachilar: Shahzod Shaymanov ("Navbahor"), Shavkat Salomov ("Surxon"), Shohruh Abdurahmonov ("Dinamo")
Hujumchilar: Qadamboy Nurmetov ("Dinamo"), Igor Sergeev ("Paxtakor"), Suhrob Berdiev ("Qo'qon-1912")
TURNIR JADVALI
Superliga to'purari - Dragan Cheran (15)
Eng yaxshi assistent - Jaloliddin Masharipov (8)
Navbatdagi tur
13-tur
28 iyun, juma
DINAMO - BUNYODKOR
QIZILQUM - NAVBAHOR
AGMK - METALLURG
29 iyun, shanba
BUXORO - ANDIJON
QO'QON-1912 - PAXTAKOR
NASAF - SURXON
LOKOMOTIV - SO'G'DIYONA



