Superliga. "Navbahor" "So'g'diyona"ni taslim qildi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2018, 22:55
Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib boring.


YANGILASH

O'yin boshlandi. 11-daqiqada Azizbek Turg'unboevning jarima zarbasidan keyin mehmonlar to'pni qaytarishdi. 16-daqiqada Darvidas Sernas hisobni ochishga yaqin kelgandi, zarba bera olmadi.

24-daqiqada Turg'unboevning kuchli zarbasini darvozabon ushlab oldi. 31-daqiqada Kim Dong Xining zarbasidan keyin to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

41-daqiqada Turg'unboev o'ng tarafdan raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. To'pni himoyachmlar qaytarishdi. Qaytgan to'pni Stanoevich darvozaga aniq yo'lladi - 1:0.

45+1-daqiqada Sardor Sulaymonov darvozabonning xatosidan samarali tarzda foydalanib, darvozani aniq nishonga oldi - 2:0.

48-daqiqada Darvidasning zarbasidan keyin to'p darvoza yonidan o'tib ketdi. 55-daqiqada Turg'unboevning zarbasidan keyin to'pni darvozabon ushlab oldi. 

67-daqiqada Sanjar Rashidov yakkama-yakka holatda gol urolmadi.

Uchrashuvda "Navbahor" 2:0 hisobida g'alaba qozondi.



21:00.  "Navbahor" - "So'g'diyona" 2:0  
Hakamlar:
Hasan Ro'ziev, Olim Abduvosilov, Ruslan Serazitdinov, Jasur  Muxtorov.
Nazoratchi: Aleksandr Popov.  
Komissar: Jahongir Rahmatullaev.

Gollar: Darko Stanoevich 41, - 1:0. Sardor Sulaymonov 45+1 - 2:0.

"Navbahor": 45.Akbar To'raev, 5.Igor Golban, 6.Oston O'runov, 7.Sherzod Karimov (15.Azamat Allaniyozov, 60), 10.Azizbek Turg'unboev, 17.Sardor Sulaymonov (8.Ayubxon No'monov, 79), 19.Mirzohid G'ofurov, 21.A'zam Aliev, 22.Ro'zimboy Ahmedov (30.Darko Nikach, 60), 32.Jahongir Mehmonov, 44.Darko Stanoevich
Zaxira: 35.Dilshod Hamroev, 9.Dilshod Jabborov, 14.Ilhom Boydedaev, 27.Ravshan Do'smatov, 33.Tomislav Payovich, 99.Sarvar Soliev

“So'g'diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov, Shoxruz Norxonov (Oybek Nurmatov, 65), Toxir Shamshitdinov, Sanjar Rashidov, Sernas Darvidas (Izzatilla Abdullaev, 76), Ruslan Melziddinov, Kim Dong-Xi (Sardor Azimov, 70), Milash Simonovich, Nikola Milinkovich.
Zaxira: Shirinboy Abdullaev, Siroj Meliev, Shoxjahon Xasanov, Ixtiyor Toshpo'latov, Nuriddin Xasanov, Nurillo To'xtasinov.

Ogohlantirishlar: Elyor Orifov 58.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia