Alisson "Roma" muxlislari bilan xayrlashdi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2018, 00:45
"Roma " posboni Alisson Rimdagi aeroportga bordi va kichik intervyusida "Liverpul"ga o'tayotgani borasida gapirdi.

"Roma" muxlislariga rahmat aytaman. Yangi sarguzashtlarni boshdan kechirish vaqti keldi", - dedi Alisson.

Alisson 75 mln evro evaziga "Liverpul"ga o'tadi va dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylanadi. U yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com