Superliga. "Navbahor" peshqadam "Paxtakor"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2018, 21:57
Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH

O'yin boshlandi. 2-daqiqada darvozabon bilan yakkama-yakka holatda qolgan Gonsalvesh noaniq zarba yo'lladi. 23-daqiqada burchakdan oshirilgan to'pni Bezerra boshi bilan darvozaga yo'lladi, mezbonlar posboni to'pni ushlab oldi.  26-daqiqada "Navbahor"dan Stanoevichning jarimadan tepgan to'pini Suyunov egallab oldi.

34-daqiqada Azim Ahmedovning uzoqdan bergan zarbasini Hamroev ushlab oldi. 39-daqiqada Bezerra va Cheran qulay imkoniyatda zarba bera olishmadi.

52-daqiqada Sherzod Karimovning jarima to'pidan uzatgan to'pini Igor Golban boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:0. 

68-daqiqada Masharipovning zarbasini Hamroev qaytardi. 70-daqiqada havodan uzatilgan to'pga Darko Nikach eta olmadi, aks holda gol bo'lardi. 83-daqiqada burchak zarbasidan so'ng Ahmedovning urinishi noaniq chiqdi. 90-daqiqada Darko Nikachning kuchli zarbasini Eldorbek Suyunov qoyilmaqom tarzda qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Uchrashuvda "Navbahor" g'alaba qozondi.



Superliga 19-tur
28 iyul, shanba
20:00   “Navbahor” - “Paxtakor” 1:0
Hakamlar: 
Navaf Shukrulla, Yosir Halil Ibrohim Telfat, Navaf Shahin Halifa, Akmal Rahimov.
Nazoratchi: Sardor Najafaliev.
Komissar: Mamur Saidqosimov

Gol: Igor Golban 52, - 1:0 (Sherzod Karimov).

"Navbahor": Dilshod Hamroev, Mirzohid G'ofurov, Igor Golban, Darko Stanoevich, Davron Hoshimov, Jahongir Mehmonov, Oston O'runov, Sherzod Karimov (Ilhom Boydadaev, 84), A'zam Aliev, Azizbek Turg'unboev (Ayubxon No'monov, 29), Darko Nikach (Ro'zimboy Ahmedov, 90)
Zaxira: Akbar To'raev, Dilshod Jabborov, Azamat Allaniyazov, Sardor Sulaymonov, Ravshan Do'smatov, Tomislav Payovich

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiev, Sherzod A'zamov, Marko Simich, Akmal Shorahmedov, Dilshod Rahmatullaev (Jamshid Iskanderov, 67), Azim Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Tiago Bezerra, Dragan Cheran (Bahrom Abdurahimov, 60), Ismoil Gonsalvesh (Igor Sergeev, 79)
Zaxira: Aleksandr Lobanov, Xojiakbar Alijonov, Jahongir Ahmadov, Egor Krimec, Kamoliddin Tojiev, Vladimir Kozak,

Ogohlantirishlar: Mirzohid G'ofurov 71,


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia