Superliga. Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi bo'lish uchun davogarlar e'lon qilindi

Khoja
9 may 2024
Professional futbol ligasi odatga ko'ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy va futbolchisini aniqlab kelmoqda.

Aprel oyida Superligada 1 ta, O'zbekiston kubogida esa 3 ta bahslari bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvlar davomida bir qator futbolchi va murabbiylar o'zlarini ko'rsatishdi.

Superliga. Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlar

Shohruh Abdurahmonov (So'g'diyona) – 3 o'yin, 2 gol, 2 assist

Joel Kojo (Dinamo) – 4 o'yin, 3 gol, 1 assist

Jahongir Abdusalomov (Surxon) – 4 o'yin, 2 gol, 1 assist

Superliga. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar

Vesko Steshevich (Metallurg) – 3 o'yin, 2 g'alaba, 1 durang, to'plar farqi 8:1

Vitaliy Levchenko (Neftchi) – 3 o'yin, 2 g'alaba, 1 durang, to'plar farqi 8:2

Samvel Babayan (Navbahor) – 3 o'yin, 2 g'alaba, 1 durang, to'plar farqi 4:2

Ivan Boshkovich (So'g'diyona) – 4 o'yin, 4 g'alaba, to'plar farqi 8:2

Fevzi Davletov (Surxon) – 4 o'yin, 3 g'alaba, 1 durang, to'plar farqi 10:2

Eslatib o'tamiz, ovoz berish jarayonida musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan neytral shaxslar ishtirok etadi.


KhojaMuallif
Manba: Uzpfl