Superliga, 7-tur: “Paxtakor” - “Metallurg” o'yini boshqa kunga ko'chirildi

Narzulla Saydullayev
26 apr 2019, 23:14
Bilasiz, kelasi hafta Superligada 7-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki klub – “Paxtakor” va “Lokomotiv” jamoalari mazkur tur doirasidagi o'z uchrashuvlarini boshqalardan ertaroq 3 may, juma sanasida o'tkazishi lozim edi. Zero 6 hamda 7 may kunlari ushbu ikki klub Osiyo Chempionlar ligasida ham maydonga tushadi.

6 may kuni o'z maydonida Eronning “Persepolis” jamoasini qabul qiluvchi – “Paxtakor” klubi rahbariyati Superliga 7-tur o'yinini 1 may sanasiga ko'chirishni so'rab PFLga murojaat qildi. Xalqaro maydonda o'yin o'tkazadigan klubning tayyorgarligiga etarlicha vaqt bo'lishi uchun PFL mazkur bahsni 1 may sanasiga ko'chirish so'roviga ijobiy javob berdi.


7-tur
1 may, chorshanba

18:30 PAXTAKOR - METALLURG

3 may, juma
18:20 QO'QON-1912 - LOKOMOTIV

4 may, shanba
17:30 NAVBAHOR - SO'G'DIYONA
19:45 BUXORO - NASAF

5 may, yakshanba
17:20 ANDIJON - DINAMO
17:30 AGMK - SURXON
19:45 QIZILQUM - BUNYODKOR

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz