Sunnatilla Abdullajonov: “Raqobatchilarimiz bilan o'yinlarda iloji boricha ko'proq ochko ishlashimiz kerak”

Sherzod Nurmatov
25 sen 2021, 21:59
Yaypanning “Turon” jamoasi Superliganing 20-turida safarda “Paxtakor” mehmoni bo'ldi (1:3).

Ushbu uchrashuvdan so'ng mehmonlarning tezkor futbolchisi Sunnatilla Abdullajonov fikrlarini bilan o'rtoqlashdi.

“Ikki bo'limda ham yaxshi o'ynadik. 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchrayotganimizda ham vaziyatlar yaratdik. Foydalanishga kelganda sovuqqonlik yetishmadi. Agar shu pallada gol urib ketganimizda, o'yin butunlay boshqacha kechishi mumkin edi. Biz hujumdagi imkoniyatlardan foydalanmaganimiz uchun yakunda gol o'tkazib yubordik”, – deydi Sunnatilla Abdullajonov. 

- “Turon” qandaydir ruhiy “o'ra”ga tushib qolgandek. Ketma-ket mag'lubiyatlar jamoaning ichki muhitiga qanchalik ta’sir qilmoqda?

- Harakat qilmoqdamiz. Bizga bitta g'alaba kerak. Agarda yutib olsak? hammasi yaxshi bo'lib ketadi. Baribir mag'lubiyatlardan so'ng ruxiy tushkunlik bo'ladi. Ichki muhit yaxshi. Vazifani bajarishga barcha ishonmoqda. Rahbariyat ham qo'llab-quvvatlamoqda. Mag'lubiyatlarni tezroq unutishimiz kerak, lekin to'g'ri xulosa chiqarish muhim hisoblanadi. 

- Uchrashuvlar borgan sari kamayib bormoqda. Jamoaning Superligada qolish masalasi esa hamon ochiqligicha turibdi...

- Oldinda 6 ta tur kutib turibdi. Imkoniyatimiz bor. “Andijon”, “Surxon”, “Mashal” bilan o'yinlarda maksimal ochko ishlashimiz zarur.  

- “Bunyodkor”da to'p tepayotganingizda, o'zingizni ko'rsatishingiz qiyin kechayotgandi. “Turon”da esa erkinroq haraka qilyapsiz. Igor Shkvirin qo'l ostida yanada ochilyapsiz. Bu nima bilan bog'liq?

- “Bunyodkor”da himoyada o'ynayotgan edim. “Turon”da o'z poziciyamda harakat qilmoqdaman. Igor Anatolevich hujumda o'ynatmoqda. Bemalol o'zim istagandek o'ynayapman. Fursatdan foydalanib, uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarga rahmat aytib qolaman.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia