Sulsher tajribali hujumchiga "Yunayted"ga o'tishni taklif qildi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2019, 13:13
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoasiga Juzeppe Rossini taklif qildi.

BBC xabariga ko'ra, 31 yoshli italiyalik futbolchi "qizil iblislar" tarkibida shunchaki mashg'ulotlar olib boradi va jismoniy holatini tiklaydi. Agarda barchasi ko'ngildagidek bo'lsa, u MYU bilan 6 oylik shartnomaga imzo chekadi.

Rossi hozirda jamoasiz. U yozda "Jenoa"ni tark etgandi. Sentyabr oyida u doping istemol qilishda ayblangandi. Biroq u aybsizligini isbotlay oldi.

Rossi 2004-2007 yillarda MYU tarkibida harakat qilgan va 14 o'yinda 4 gol urishni uddalagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC