Rossi: "Fergyusonni maydonda ko'rish juda yoqimli"

Mirjalol Normatov
17 yanv 2019, 22:22
Hujumchi Juzeppe Rossi "Manchester Yunayted"dagi mashg'ulotlari haqidagi fikrlarini bildirdi.

31 yoshli forvard Ole-Gunnar Sulsherning taklifiga ko'ra mankunianliklar bilan mashg'ulotlar olib bormoqda.

"Manchester Yunayted" - bir oila. Bu yerda barcha o'z futbolchilari uchun qayg'uradi. Bu men uchun katta baxt.

Bu imkoniyatdan foydalanish kerak. Bunday buyuk jamoada bo'lish ajoyib. Shu orqali men o'zimning jismoniy holatimni ushlab tura olaman.

Ser Aleks Fergyusonni yana bir bor maydonda ko'rayotganimdan juda xursandman. U dunyoning eng yaxshi murabbiyi", - dedi Rossi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com