Sulsher Sanches haqida: "Biz uni ikkinchi jamoamizga o'tkazmadik, u yaxshi o'yinchi va klubning bir qismi"

16 avg 2019, 20:50
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher klub yarim himoyachisi Aleksis Sanches haqida gapirdi.

"Aleksis – professional. U har kuni chin dildan mehnat qilishga keladi va klubning bir qismi bo'lishga intiladi. O'rinbosarlar safiga o'tkazganimiz, bularning barchasi uydirma. Bunday bo'lmadi. U juda yaxshi o'yinchi va jamoamizning bir qismi. Biz undan nimalarga qodirlligini isbotlashini kutib qolamiz. U sifatli o'yinchi. Uning o'yinini bosqichma-bosqich qurib boramiz", - deydi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Manba: bbc.com