Sulsher olti nafar futbolchiga qiziqish bildiryapti

9 yanv 2020, 23:52
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher qishki transfer mavsumidan unumli foydalanib, jamoani sezilarli ravishda kuchaytirmoqchi.

"The Times" nashri xabariga ko'ra, 46 yoshli norvegiyalik mutaxassis olti nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolash niyatida. O'yinchilarning kimlar ekanligi oshkor qilinmagan. Takidlash lozimki, "Yunayted" birdaniga 6 ta transferni amalga oshirish ehtimoli juda past.

Bunga qadar MYU Donni van de Bek ("Ayaks"), Jeydon Sancho ("Borussiya" Dortmund), Arturo Vidal ("Barselona") va boshqa futbolchilarga qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Times