Sulsher: "Biz barcha o'yinlarda g'alaba qozonishni istaymiz"

Aziz Tukhtamuradov
9 apr 2021, 09:21
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Granada"ga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin ideal chiqmadi. Bizda uchta sariq kartochka, uchta diskvalifikaciya. 2:0 - juda yaxshi natija va biz Ispaniyada o'ynash qanday qiyin ekanligini bilamiz. Bu yerda muvaffaqiyatga erishish uchun haqiqatdan ham yaxshi o'ynash lozim. 

Reshford va Brunu biz uchun muhim futbolchilar. Reshford ajoyib tezlikni namoyish etdi, to'pni nazorat qildi. Brunu esa penaltini ishonchli tarzda amalga oshiradi. 

Biz barcha o'yinlarda g'alaba qozonishni istaymiz. Jamoamiz hali yosh va o'rganmoqda. Muntazam ravishda o'sishimiz lozim. Agar bo'shashsak - raqiblar yetib olishadi. Shuning uchun, ishga boshqacha yondoshish aslo mumkin emas", - dedi Sulsher. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA