Rasman: Ole-Gunnar Sulshyer iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
29 avg 2025, 01:51
Ole-Gunnar Sulshyer "Beshiktosh" bosh murabbiyligidan ketdi.

Turk klubi bugun Konfyerenciyalar ligasi saralashida "Lozanna"ga 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi va dastlabki o'yindagi durangdan keyin jamoaning evrokuboklarda ishtirok eta olmasligi ma'lum bo'ldi.



Istanbul klubi evrokuboklardagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulshyerni iste'foga chiqardi.

"Beshiktosh" o'tgan mavsumni 4-o'rinda yakunladi va yangi mavsumdagi ilik o'yinida g'alabaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: bjk.com.tr