Suaresda koronavirus borligi yana bir bor tasdiqlandi. Forvard "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi

Alisher
19 noya 2020, 10:18
"Atletiko" forvardi Luis Suares yana bir bor koronavirusga musbat test topshirdi.

O'yinchi Urugvay terma jamoasida olingan testlar aldovchi bo'lishiga umid bog'lagan edi, ammo ular tasdiqlandi.

Shunday ekan, Suares 21 noyabr kuni bo'lib o'tadigan Ispaniya chempionati doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Suares joriy mavsum "Atletiko" libosida La Liga doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

Eslatib o'tamiz, madridliklarning yana bir urugvaylik o'yinchisi Lukas Torreyra ham COVID-19'ga musbat test topshirgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es