Suares La Ligada yubiley to'pini kiritdi

Eldor Akmurzayev
17 okt 2020, 19:45
Ayni daqiqalarda Ispaniya chempionati 6-turidan o'rin olgan "Selta" – “Atletiko” bahsi bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuv 6-daqiqasidayoq “matraschilar” forvardi Luis Suares raqib darvozabonini dog'da qoldirib, hisobni ochdi. Mazkur aniq zarba urugvaylik hujumchining La Ligadagi yubiley 150-goliga aylandi. Shulardan, 147 tasini “Barselona” safida kiritgan, qolgani esa “Atletiko”da.

Suares Primera joriy mavsumida 4 o'yinda qatnashib, 3+1 natija qayd etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports