Suares Kosta-Rikaga qarshi o'yinni zahira o'rindig'ida boshlaydi

Aziz Tukhtamuradov
14 iyun 2014, 13:33
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares kechagi mashg'ulotlardan so'ng Suaresni o'yin qaydnomasiga kiritmoqchi ekanligini aytib o'tdi.

"Maydonda nima bo'lishini oldindan aytib bo'lmaydi. Suaresning sog'lig'i bilan bog'liq hech qanday muammolar bo'lgani yo'q. Kecha Luis mashg'ulotlar vaqtida futbol o'ynadi. Bu judayam muhim.

Biz Suaressiz o'ynashga tayyorgarlik ko'rdik. Lekin, Luis tarkibda bo'lsa ajoyib bo'lardi. 

Agar vaziyat o'zgarmasa, boshlang'ich tarkib quyidagicha bo'ladi: Muslera, Maksi Pereyra, Lugano, Godin, Kaseres, Rios, Gargano, Stuani, Kristian Rodriges, Forlan va Kavani",- deydi urugvayliklar ustozi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru