

Luis Suares yangi jamoasida debyut qildi va 34 daqiqa ichida raqib darvozasini uch bor ishg'ol etishga erishdi. Urugvaylik oxirgi xet-trigini 2018 yil “Barselona” safida “Real”ga qarshi o'yinda (5:1) qayd etgandi.
Suaresning Braziliya grandi bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Ma'lumot o'rnida, “Rekopa Gaucha” 2014 yildan beri o'tkazib kelinadi va “Gremio” unda 4 marta (2019, 2021, 2022, 2023) muvaffaqiyatga erishgan.




