

Rahim Sterling Angliya terma jamoasining JCH-2022 chorak finali doirasidagi Fransiyaga qarshi o'yin uchun qaydnomaga kiritilishi mumkin.
"Chelsi" futbolchisining Londondagi uyiga o'g'ri tushgach futbolchi terma ixtiyorini tark etgandi. "The Telegraph" ma'lumotiga ko'ra, futbolchi shu haftada safga qaytish haqida o'ylamoqda, biroq hozircha qaror qabul qilinmagan.
Aytib o'tganimizdek, futbolchining 9 dekabr oqshomidayoq Angliya terma jamoasida bo'lish ehtimoli ortib bormoqda. U 10 dekabrga belgilangan chorak final o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushmaydi.
Sterling mundialda 2 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.



