Sterling bir taymning o'zida Angliyaning 4ta golida qatnashdi

Eldor Akmurzayev
11 sen 2019
Evro-2020 saralashidan o'rin olgan Angliya hamda Kosovo o'rtasidagi bellashuvning ilk taymidan keyin mezbonlar yirik hisobda (5:1) g'alaba qozonishmoqda.

Hisob yirik ko'rinishga kelishida Rahim Sterlingning hissasi katta bo'ldi. 

Avvaliga, u 8 daqiqada gol urib, oradagi farqni tenglashtirgan bo'lsa, keyin jamoadoshlariga uchta samarali uzatma (pas) berdi. Shu tariqa, 24 yoshli forvard keyingi taym oldidan  1+3 natijani qayd etib turibdi.

Ma'lumot o'rnida, kecha uning klubdoshi Kevin De Bruyne ham Shotlandiya – Belgiya bahsida (0:4) 1+3 natijaga erishgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia