Starijga A Seriyadan taklif bor

Mirjalol Normatov
14 iyul 2019, 19:41
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Deniel Starrij A Seriyaga ko'chib o'tishi mumkin.

"Sunday Express" xabariga ko'ra, futbolchi bilan "Bolonya" shartnoma imzolashi mumkin. Shunday taqdirda futbolchining maoshi pasayadi. O'tgan mavsumda "Bolonya" A Seriyaning 9-pog'onasini egallagandi.

Iyul oyining boshida Starijning "Liverpul" bilan shartnomasi yakunlandi va u erkin agentga aylandi.

29 yoshli angliyalik futbolchi 2013 yildan buyon "Liverpul" tarkibida o'ynayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sunday Express