Srechko Katanets: "Jiyanovni atayin almashtirdim"

Оқил Абдубарноев
20 noya 2022, 21:31
Rossiyaga qarshi nazorat uchrashuvidan so'ng O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets va o'yinnining eng yaxshi futbolchisi Otabek Shukurov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugungi o'yinda ikkita yosh o'yinchiga imkon berdingiz. Ularning harakatlarini qanday baholaysiz?

- Yosh futbolchilar o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatishdi. Ilk o'yin hissiyotlar va hayajonga boy bo'ladi. Shuni inobatga olgan holda ularga yaxshi baho bergan bo'lardim. Jiyanovni almashtirishim oldindan o'ylangan reja edi, yani boshqa o'yinchilarga ham imkon berishim kerak edi. 

- Farrux Sayfiev o'zi uchun noqulay bo'lgan o'ng qanotda o'ynayapti. Bu variant sizda qachon paydo bo'ldi?

- Farrux Sayfiev chap qanot himoyachisi. Lekin o'ng qanotimizda muammo borligi sababli uni shu erga o'tkazishga majbur bo'ldim. Bu o'rtoqlik o'yini bo'lgani uchun tavakkal qilishdan qo'rqqanim yo'q. Agar Masharipov salomat bo'lsa, Sayfiev ikkalasi chap qanotda faollikni oshiradi. Ular ko'p yillar birga o'ynashgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia