"Sport TV" mutasaddilar bilan muloqotga jurnalistlarni taklif etadi

Aziz Tukhtamuradov
15 avg 2017, 12:54
O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasida Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida tegishli vazirlik, qo'mita, kompaniyalar, mahalliy hokimiyatlar tomonidan olib borilayotgan ishlar ko'rsatuv va eshittirishlar orqali yoritilmoqda.

Tadbirlar mas'ul rahbarlar va mutaxassislar ishtirokida atroflicha tahlil qilib borilyapti.

Jumladan, "Sport TV" telekanalida bugun Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi,  Milliy olimpiya qo'mitasi, sport federatsiyalari rahbariyati hamda mas'ul shaxslari ishtirokida OAV bilan muloqot tashkil etilmoqda. Ko'rsatuv mavzusi "Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag'batlantirish" to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga bag'ishlangan.

"Sport TV" barcha ommaviy axborot vositalari jurnalistlarini ushbu tadbirga taklif etadi. Uchrashuv 18.00da O'zbekiston Olimpiya va Shon-shuhrati muzeyida boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif