"Sport TV" markaziy o'yinni jonli ko'rsatadi

Tolibjon Qosimov
20 okt 2018, 13:05
Bugun Superligada 26-tur bellashuvlari davom ettiriladi.

Yuqori oltilikdagi uchchala bahs ham bugunga belgilangan. Turning markaziy uchrashuvi Toshkent derbisi doirasida bo'lib o'tadi. Unda "Paxtakor" jamoasi "Lokomotiv"ni qabul qiladi. Uchrashuv "Paxtakor" markaziy stadionida o'tkaziladi va 18:00da start oladi.

"Paxtakor" va "Lokomotiv" o'rtasidagi markaziy uchrashuvni Sport telekanali to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi. O'yinni Eldor Mustafoev sharhlab boradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia