“Spartak” sobiq rahbari: “Yuventus” hozir jarlikda, “Zenit” ularni yutishi mumkin”

Eldor Akmurzayev
2 noya 2021, 10:00
“Spartak” sobiq prezidenti Andrey Chevichenko Chempionlarr ligasi 4-turi doirasida bugun bo'lib o'tadigan “Yuventus” – “Zenit” bahsi oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

“Imkon bor. “Yuventus” hozir jarlikda. Ular oxirgi o'yinda “Verona”ga yutqazdi. “Zenit” turinliklarni yutishga qodir. Ayni vaqt Semak boshqaruvidagi jamoa ajoyib ko'rinishda. Ular oxirgi turlarda ko'rsatgan o'yinlarini namoyish eta olishsa, u holda barchasi ijobiy kechadi.

“Malme”ni ham yutish mumkin. Biroq, “Chelsi”ni emas. “Chelsi” “Zenit” uchun fenomenal jamoa, uni shunchaki mag'lub etib bo'lmaydi. Piterliklar tarkibida Yevropa darajasidagi yaxshi o'yinchilar bor, ammo bu yetmaydi. Ular bilan “Chelsi”ni engib bo'lmaydi”, deydi Chevichenko.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru