"Spartak" Sami Xediraga 3 mln evro taklif qildi (Calciomercatoweb)

12 okt 2020, 20:04
"Spartak" rahbariyati Turinning "Yuventus" klubi yarim himochisi Sami Xediraga qiziqib qolgan. Bu haqda Calciomercatoweb nashri ma'lum qildi.

Takidlanishicha, Moskva jamoasi germaniyalik futbolchiga yiliga 3 mln evro maosh taklif qilgan, ammo Xedira ruslarning taklifini rad qildi.

Manbaning xabariga ko'ra, 33 yoshli yarim himoyachi "Yuve"ni tark etganidan keyin faoliyatini MLS klublaridan birida davom ettirishni maqsad qilgan.

Ma'lumot uchun, Xedira "keksa sinora" tarkibiga 2015 yilda kelib qo'shilgan edi. U faoliyati davomida "Shtutgart" (2004-2006) va "Real" (2010-2015) safida ham to'p tepgan.

"Spartak" jarimaga tortildi 

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercatoweb