"Spartak" fransiyalik futbolchi uchun 9 mln evro taklif qildi, u Ostonning poziciyasida o'ynaydi

16 avg 2020, 01:16
Moskvaning "Spartak" klubi "Gent" yarim himoyachisi Elisha Ovusu uchun da'vogarlik qilishda davom etadi.

Takidlanishicha, rus klubi 22 yoshli francuz uchun 9 mln evro taklif qilgan. Ammo "Gent" rahbariyati xavbek uchun 20 mln evro talab qilmoqda.

Ma'lumot uchun Ovusu "Gent" safiga o'tgan yozda "Lion"dan kelib qo'shilgan edi (1 mln evro evaziga). U yaqinda "Spartak" tarkibiga ko'chib o'tgan Oston O'runov bilan bir xil poziciyada o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballghana.com