Eshitdik-da! "Nasaf" "Gent" tarbiyalanuvchisini jalb qilmoqda

Sherzod Nurmatov
23 iyul 2022, 20:06
Qarshi klubi yana bir legioner bilan shartnoma tuzadi.

"Gent"ning kamerunlik tarbiyalanuvchisi, o'ng qanot vingeri Serj Tabeku erkin agent sifatida "Nasaf" bilan kelishuv tuzishi mumkin.

Futbolchi faoliyati davomida Belgiyaning "Gent", "Aud-Xeverle Lyoven", "Yunion", "Muskron" kabi klublarida, shuningdek, Fransiyaning "Sedan" va Turkiyaning "Manisa" jamoalarida to'p tepgan. Bundan tashqari, u Kamerun terma jamoasida 5 ta o'yinda 1 ta gol urgan.

Uning oxirgi klubi "Muskron" edi. Transfermarkt portali 25 yoshli o'yinchini 600 ming evroga baholagan. 

Avvalroq "Nasaf" braziliyalik hujumchini o'z safiga qo'shib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia